«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Пулларни кандай саклаш мумкин?
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 81350
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 30-12-2012, 11:22
30-12-2012, 11:22

Пулларни кандай саклаш мумкин?

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

"Pul yig’ish – foydali ish, ayniqsa, bu ishni siz uchun ota-onangiz qilib qo’jgan bo’lsa" Uinston CHERCHILL
"Bankir – sizga quyosh chiqib turganda soyabonini berib, yomg’ir boshlanishi bilan uni qaytarishni so’raydigan odam"  Mark TVEN

 

Moliyachi-tadqiqochilarning aniqlashicha, MDH hududidagi fuqarolarning 57 foizi u yoki bu darAyada bank hizmatlaridan foydalanadi. Ularning aksariyat qismi bitta bank miyozlari hisoblanadi. Shuningdek, fuqarolarning 52 foizi garchi miyoz puli saqlanishini kafolatlovchi omonatlarni sug’urtalash tizimi yaratilgan bo’lsada, hamon bank tizimiga havotir bilan pul qo’jadilar. 

Moliya-tahlil menejmenti vakillarining fikricha, bizning fuqarolarimiz moliyaviy masalalarda savodsiz va ulardan behabar. Shuning uchun ham ular bugun kredit va bank tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy hizmatlarning keng spektri imkoniyatlaridan foydalana olmaydilar. 
Xuddi shunday vaziyat Rossiyada ham yuzaga kelgan. U erda fokus-guruh so’rovnomasi shunday natiyalarni ko’rsatdi: so’ralganlarning 40 foizidan ortig’i so’nggi ikki yil mobaynida birorta ham moliyaviy operaciya — hisob ochish, valyuta almashtirish, kredit olish, maoshni plastik kartichkaga olish ishini amalga oshirmaganliklarini ma"lum qilishgan. Bankda o’z hisob raqamiga ega rossiyaliklar esa 3,7-6,8 foizni tashkil jetgan”. 
Bizning Respublikamizda oddiy fuqarolarning aksariyati faqatgina pul o’tkazmalari tizimi bilan tanish, yana nafaqaho’rlarning ham ma"lum qismi foizlarni uch oydan keyinoq olish mumkin bo’lgan imtiyozli omonatlarni tushuna boshlagan. Umumiy holda esa ko’pchilik odamlar pullarini uyida saqlaydi. 
Odamlar qanchalik ikkilanadi-ya:  
- Sandiqqami? 
- Yo’q, uzoq. 
- Ko’rpa ichigami? 
- Birdan chokidan chiqib ketsa-chi?. 
- Paypoqqa? 
- Noqulay-da. 
- Dollardami? 
- Yaxshi, agar topib olishsachi? 

Aholining iqtisodiy savodxonligi doirasidagi bunday qarashga barham berish kerak. Pulni uyda ushlab o’tirish — ularni kuyidirishdir. Bugungi kun uchun esa bu usul umuman to’g’ri kelmaydi. Uqorida ko’rsatilgan "uy sandiqlari” pul jamg’arish uchun ma"qul erlar emas. 
Bizning odamlardan katta miqdordagi pulni qaerga qo’yish ma"qulligi haqida so’rasangiz, aksariyat odam: "Ko’chmas mulkka!... Halq bankiga!....”,-degan bo’lardi. Bu o’rinda bankirlar akciya sotib olish, tillaga pul qo’yish, tijorat bankiga qo’yish, valyutali depozit kabi investicion takliflarnima uchun potencial miyoylarni qiziqtirmayotganini o’ylab ko’rishlari kerak bo’ladi 
Sabablar ko’p bo’lishi mumkin: 
• aholida jamg’arish uchun erkin pul mablag’lari yo’q; 
• jamg’arish madaniyatining mavjud emasligi; 
• banklarga ishonishmaydi 

Garchi, tan olish kerak, bank - huddi uyali aloqa operatori yoki supermarketlar kabi zamonaviy turmushning Ayratib bo’lmas bir qismi. G’arb mamlakatlarida banklar aholining 99 foizini qamrab oladi. 
Shu o’rinda aytish kerakki, mamlakatda banklarning iqtisodiy hayotdagi muhim rolini tan olish darajasi oshgan, aholining deyarli 60 foizi banklar O’zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo’shmoqda, deya hisoblaydi. 
Qolaversa, ko’pchilik bankka pul qo’yish hatarli operaciya degan fikrga qo’shiladi. Bunday kayfiyatlar banka qo’yiladigan pullar bozoridagi juda kichik o’sishni aks ettiradi. Lekin bu fikr qo’rqinchli emas, aksincha ular moliyaviy hizmatlardan foydalanishga nisbatan sog’lom qarashdan dalolat. Negaki, har qanday moliyaviy operaciya u yoki bu darAyada hatarlidir. 
Ha, banklar — bu o’h qonun va tartiblariga ega murakkab dunjo, lekin mazkur dunyoning qanday ashashini tushunish sizning hayotingizga moliyaviy ravnaq olib kelishi mumkin. 
Bank omonatlarining afzalligi tabiiy – ishonchlilik. Hisob raqamidagi pul va jostiq ostidagi pul. Qaysi biri yaxshi saqlanishini topingchi? 
Bank omonatlarining boshqa an"anaviy jamg’arish usullaridan asosiy afzalligi – undagi foizlar. Umuman olganda, ularning hajmi hali jamg’arish haqida to’la ma"noda gapirish imkonini bermaydi. Omonatchilarning mablag’i ko’payishi haqida to’xtalmasa ham bo’ladi. o’rta hisobda ular 7-13 foiz o’rtasida. 
Xullas, "BIZNESTRENER. UZ”ning asosiy maslahati: o’z omonatlaringizni diversifikaciyalashtiring. 
Ekspertlarning fikricha, pullarni turli instrumentlarga qo’yib, uqori daromadni ko’zlash va barcha narsani yo’qotib qo’yish hatarining oldini olish mumkin. An"anaviy ravishda moliya maslahatchilari mablag’ning katta qismini ishonchlilik darAyasi uqori bo’lgan instrumetarga qo’yish maslahat beradilar. Masalan, pullarni umumiy omonat qiymatidan uqori foizlar to’lanuvchi bank depozitlariga joylashtirish. Ularning qolgan qismini esa tavakkal nisbatan shahsiy munosabatingizdan kelib chiqib taqsimlaysiz: ko’chmas mulkka, valutali depozitlarga. 
Agar jamg’armalaringizning joyidaligidan havotir olayotgan bo’lsangiz – pullarni banka qo’ying – moliyachilar bir necha o’n yillar davomida bizni shunga o’rgatishgan. Vaqt o’tishi bilan ma"lum bo’ldiki, bank omonatlari kaptalni o’g’rilardan mustahkam himoya qiladi, eb to’ymas inflyaciyadan esa yo’q. Lekin bu o’rnida siz har oy olib turishingiz mumkin bo’lgan foizlar yordam beradi. 
Va bu bizni hotirjam qiladi.
Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
<
Azik85

28 марта 2015 21:56

Янгиликлар маълумоти
  • Гурух: Гости
  • ICQ:
  • Руйхатдан утиш: --
  • Маоми:
  • Публикаций: 0
  • Фикр: 0
бизнес по еарейски китобини таржима килиб киргизинг
Орқага Олдинга