«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » PULNI TEJASH USULLARI. Eski narsa haqida yangi gap yoki iqtisod haqida ikki og’iz.
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 84910
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 30-12-2012, 11:08
30-12-2012, 11:08

PULNI TEJASH USULLARI. Eski narsa haqida yangi gap yoki iqtisod haqida ikki og’iz.

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

Eski narsa haqida yangi gap yoki iqtisod haqida ikki og’iz. Iqtisod qilish — yangi tushuncha emas. Bu haqda eslatish, ogohlantirish ham eskirgan usul. Bunday deyajotganimizga sabab, hammaning boyib ketganligi emas, shunchaki tanbehu ogohlantirishlar bizga halal beradi. Keling, yaxshisi gap nimada ekanligini tushunishga urinib ko’ramiz. Nima uchun odamlar iqtisod qilmaydilar?

Mutaxassis va tahlilchilar to’rtta sababga to’xtaladilar. Ularning aytishicha:
1. "Men qachondir pul ishlab topaman, shuning uchun iqtisod qilishdan ma’ni yo’q”. 
Sizning ehtiyojlaringiz va harajatlaringiz daromadingizga proporsional tarzda o’sib boradi. O’ylashimcha, buni o’zingiz ham sezgansiz. Agar siz pul bilan bog’liq vaziyatni hozir to’g’rilay olmasangiz, u holda kelajakda bu vaziyat qanday qilib o’zgarishi mumkin? 
Dunyoda, hatto bizning O"zbekistonda ham yuzlab odamlar nomunosib tarzda katta pul topadilar. Bilasizmi, ularda borki narsa – bu qarzlar! Ulardan eshitishingiz mumkin bo’lgan yagona gap esa – "Bizga pul yetmayapti!”. Bu chindan ham juda muhim fikr. Eslab qoling: iqtisod qilmaydigan odamlarning bor-yo’q narsasi – bu qarzlar. Ba¢zan esa ularda umuman hech narsa, hatto qarzlar ham bo’lmaydi! 
Boylik siz ishlab topayotganingizga qaraganda kamroq sarf qila boshlagan daqiqada tug’iladi. Aynan ishlab topilgan pulni asrashni bilmaganingiz uchun ham sizni Uorren Baffet, Verner Simens, Bill Geyts, Adam Opel", Genrix Nestle yoki yana boshqa biror chiroyli va mashhur ism bilan chaqirishmaydi. Ha mayli! – deysiz. Tejamkorlikning bu yerda nima ahamiyati bor? Ularni faqat tejamkorlik muvaffaqiyatga olib kelmaganligiga qo’shilaman. Lekin, so’zsiz, aynan tejamkorlik ularning davlatiga pojdevor bo’lgan. 
2. "Men xozir yaxshi yashamoqchiman va menga hamma pullar kerak”. 
Chiroyli yashashni taqiqlab bo’lmaydi! Sizni o’rab turgan odamlar ham "jannat”da yashashni istaydi. Ularga ham SIZning barcha pullaringiz kerak! Natijada atrofingizdagi HAMMA sizning, siz ularning pullariga ega bo’lasiz. Peshona teri bilan topilgan pul esa yo’q! Iltimos, aytingchi, ko’proq kimni yaxshi ko’rasiz? O’zingiznimi, chiroyli odamnimi yoki uyini ijaraga olganingiz—o’sha yaxshi kishinimi? Garchi, albatta, siz yeb bo’lgach unutib yuboradigan, bir marta kiyadigan, o’qib tashlab yuboradigan yoki uch marta yoqib tokchaning biror burchagiga itarib qo’yadigan turli narsalarni sotib olib, o’zingizni yaxshi ko’rishingiz mumkin. Boshqa usullar ham yo’q emas! Qanday deysizmi? Davomini o’qing! 
3. "Umuman olganda tejash mushkul! Bu men uchun emas. Aniqrog’i, bu men uchun muhim emas!” 
Nahotki? Kim sizga yengil bo’ladi, deb aytdi? Hammaga qiyin. Lekin siz hamma emassizku? Zero, muvaffaqiyat qozonuvchi kishilar – bu "normal” odamlar uchun mutlaqo iloji bo’lmagan ishlarni amalga oshiruvchilardir. Ular bor va ular ko’p narsalardan voz kechgan holda yashashyapti. Vaholanki, oddiy odam uchun shunchaki katta pulga egaligini ko’z-ko’z qilishni to’xtatishning o’zi yetarli.  
4. "Bu oxir-oqibat hech qanday natija bermaydi. Baribir hammasi sovurilib ketadi”. 
Siz haqsiz! Pullaringizni yig’ib olib kisel qirg’oqlari aro yorqin kelajak sari sut daryosi oqimi bo’ylab suzyapsiz. Balki bu ishni QILA OLMASLIGINGIZ emas, QANDAJ qila olishingiz haqida o’ylab ko’rgan ma’quldir? Albatta, agar BARCHA pulingizni depozitlarda, boshqacha aytganda, "pullarni jo’q qilish bo’yicha mashinalar” da (negaki, omonat foizlari, qoidaga ko’ra inflyatsiya darajasidan pastroq) saqlasangiz, hammasi butkul honavayronlik bilan tugashi mumkin. Agar hammaga o’xshab yo’l tutsangiz, u holda hamma ega bo’lgan narsa – HECH NARSA ni qo’lga kiritasiz!
Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга