«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Пластмассадан бойиган миллиардер - Ли Кашинг
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 76193
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 17-02-2013, 00:13
17-02-2013, 00:13

Пластмассадан бойиган миллиардер - Ли Кашинг

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

PLASTMASSADAN BOYIGAN MILLIARDER

 

 Gongkongning eng boy fuqarosi xisoblanadigan Li Kashin katta biznesga 1950 yil kirib kelgan. U asos solgan Cheung Kong firmasi  plastmassa bozorida dastlab sovundon va taroqlari bilan paydo bo’ldi. Plastmassadan yasalgan yangi maxsulot bozorda portlash  sodir etdi. Ulgurji xaridorlar Lining plastmassa sovundonlarini sotib olish uchun bir oy avval ro’yxatga yoziladigan bo’lishdi. Li  Kashinning milliarderlik sari ilk kadami edi bu.

 

Plastmassa atirgullar

 Li Kashinning oilasi yaxshiroq yashash maqsadida Shantou (Xitoy janubidagi Guandun viloyati) shahridan Gongkongga ko’chib  kelganida u 12 yoshda edi. Biroq Gongkongga ko’chib kelgach ham oilaning iqtisodiy axvoli yaxshilanmadi. Oila ochdan o’lib  qolmaydigan darajada bazo’r kun kechirardi. "Kambag’alni tuyaning ustida xam it qopadi” deganlaridek, 1942 yil oilaning yagona boquvchisi, ya’ni Li Kashinning otasi to’satdan vafot etdi. Uch farzandni boqish tashvishi endi onaning bo’yniga tushdi. 14 yoshli Lining bolaligi xam shu bilan nixoyasiga yetgandi. Yigitcha plastmassa gullar ishlab chiqaradigan kichikroq fabrikaga ishga joylashib, kuniga 16 soatlab ishlay boshladi. Fabrika plastmassa atirgullar ishlab chiqarar, usha davrlarda bu gullar eng so’nggi modaning bir ko’rinishi xisoblanib, talab juda kuchli edi. "Soxta” atirgullarning bozori chaqqonligini ko’rgan Li sotuvchilikni tanladi. U xar kuni savdo qilar, orttirgan arzimagan pullarini esa yig’ib borardi. U to’plagan boyligi orqali tezroq ulgurji savdoni yo’lga ko’yishni orzu qilardi. Bu paytga kelib, plastmassa atirgullar savdosi shunchalik kuchayib ketdiki, baxonada Lining iqtisodiy axvoli anchagina yaxshilanib qoldi. Ular oilasi bilan tuzukroq uyga ko’chib o’tishdi. Biroz o’tib, Li o’zining shaxsiy plastmassa buyumlar zavodchasini ham ochishga muvaffaq bo’ldi. Ish yurishgan sari muammolar xam ortib borardi. Lining zavodi yaxshi pul keltirayotganini ko’rgan yer xo’jayini (Li zavod qurgan yerini ijaraga olgandi) ijara xaqini tez-tez oshirib turardi. Ijara xaqining bu qadar tez yuqorilashi Lining jonini xalqumiga keltirdi va u yangi joy izlay boshladi. Qidiruv jarayonida u Gongkongda yer narxi ko’tarilib borayotganini va endi faoliyatini o’zgartirishi kerakligini tushundi. U xech ikkilanmay plastmassa zavodini sotib yubordi va pullarini ko’chmas mulk biznesiga yo’naltirdi.

 

Arzon yer — millionlar garovi

 

Yangi biznesda xam u raqobatchilaridan aqllirok chiqib qoldi. Li yerlarni sotib olar va u yerda biror narsa qurib, tadbirkorlarga xamkorlikni taklif etardi. Ya’ni tadbirkorlar katta miqdorda ijara xaqi to’lashdan qutilib, qurilayotgan ob’ektga investitsiya kiritar va shu bilan undan keladigan foydadan o’z ulushiga ega bo’lardilar. Tez orada Li bilan xamkorlik qilishni istovchilar soni ortib ketdi. 1966 yilgacha Li yerlarni asta-sekin sotib ola boshladi. Ammo Xitoyda "madaniy inqilob” davri boshlangach, Mao Szedunning siyosatidan norozi ingliz tadbirkorlari Gongkongdan ko’chib keta boshladilar. Yer narxi suv tekin bo’lib ketdi. Bundan foydalangan Li yerlarni arzon-arzon sotib olib, arzon uy-joy qurib, ijaraga berishni yo’lga qo’ydi. Hamma Li Kashinni axmoqqa chiqardi. Ammo oradan o’n yil xam o’tmay uning kelajakni ko’ra bilish qobiliyati ish berdi. 1976 yil Mao Szedun vafot etadi. Yangi xukumat Szedun siyosatini qoralab, mamlakatda yangi iqtisodiy isloxotlarni amalga oshira boshlaydi. Chet el investorlari Gongkongga jalb etiladi. Li Kashinga qarashli yerlar narxi aql bovar qilmas darajada ko’tarilib ketadi.

 

Milliardlar og’ushida

1979 yil Li Kashin Hongkong & Shanghai banki ko’magida Hutchison Whampoa korporatsiyasining boshqaruv paketini qo’lga kiritdi. Bu korporatsiyaning tarkibiy faoliyatiga ko’chmas mulk (port savdosi ham), savdo (A S Watson supermarketlar tarmog’i), salqin ichimliklar ishlab chiqarish va xokazolar kirardi. Korporatsiyani qo’lga kiritgan Li Kashin uni tubdan isloh qila boshladi. Kam daromad keltirayotgan korxonalarni sotib yubordi va besh yo’nalishda biznesni yo’lga qo’ydi. Birinchisi, "sipo milliarder” xukumat diqqatini o’ziga tortmasdan Gongkongda zamonaviy binolar qura boshladi. Hozir u qurgan binolarda Gongkongning xar o’ttiztadan bitta axolisi yashamoqda. Ular xarid uchun kiradigan supermarketlarning deyarli xammasi Li Kashinga tegishli. Undan tashqari Li Kashinning biznesi mamlakat tashqarisida xam gullamoqda. Tayvanda 145 dorixonadan iborat tarmoq, Singapur va Malayziyadagi 90 ta supermarket unga qarashli. Salqin ichimliklarni xam bu tarmoqlarga Li Kashinning o’zi yetkazib beradi. Uning kompaniyasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi distillangan va gazlangan suv yetkazib beruvchilar orasida eng yirigi xisoblanadi. 1998 yildan boshlab Gongkong xalqaro aeroportida kosmetika buyumlari bilan savdo qiladigan kompaniyaning 50 foiz aktsiyasi ham uning qo’liga o’tgan. Li Kashinning yana bir biznesi energetikadir. Hongkong Electric kompaniyasining 38,1 foiz aktsiyasi Lining Cheung Kong kompaniyasiga tegishli va Xitoy, Gongkong, Tayland, Singapur, Malayziya xamda Tayvanda joylashgan umumiy quvvati 6 ming megavattli 11 ta elektrostantsiyaga egalik qiladi. Li Kashin neft biznesini xam ko’zdan qochirmagan. Kanadadagi Husky Oil kompaniyasi xam uning "qanoti ostida”. Bu kompaniya bir yilda 92900 barrel neft qazib oladi. Zaxirasi esa 309 million barrelni tashkil etadi. Li Kashin xozirda nafaqat quruqlikda, balki dengizda xam biznes yuritmoqda. Gongkong, Panama va AQShdagi bir nechta portlarni boshqaradigan kompaniyalarning boshqaruv paketi Lining qulida. "Forbs” jurnalining bu yilgi milliarderlar reytingida Li Kashin 10-o’rinda qayd etilgan. Uning boyligi 18,8 milliard AQSh dollari miqdorida baxolangan.

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга