«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Uorren Baffet (Warren Edward Buffet)
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 83073
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 11-01-2013, 18:50
11-01-2013, 18:50

Uorren Baffet (Warren Edward Buffet)

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

Uorren Baffet (Warren Edward Buffet)

 Tug’ilgan sanasi: 30 Avgust, 1930
 Sohasi: Investitsiya (Berkshire Hathaway rahbari)
 Yashash joyi: Omaha, Nebraska AQSH
 Fuqaroligi: AQSH
 Ma’lumoti: Pennsylvania universtiteti, Nebraska-Lincoln universtiteti.
 Turmush o’rtog’i: Susan Thompson Buffet (1952-2004). Astrid Menks (2006-…)
 Farzandlari: 3ta
 Moliyaviy ahvoli: $50 milliard (2011)
 

Warren Edward Buffet Amerikalik biznesmen magnat, investor va saxovatpesha (philanthropist). U dunyodagi eng omadli investorlardan biri deb keng tan olingan. Ko’pincha uni "”Warren Buffet-afsonaviy investor” deb ataydilar. U Berkshire Hathaway kompaniyasining asoschisi, aksioneri va direktori. U dunyodagi eng badavlat insonlar ro’yxatida o’z o’rniga ega. U 2008-yil dunyoning eng boy odami deb e’tirof etilgan bo’lsa, 2011-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar ro’yxatining 3-o’rniga tushib qoldi. Buffetni "Omaha sehrgari”, "Omaha bashoratchisi” yoki "Omaha donishmandi” deb ham ataydilar (Omaha-o’zi tug’ilgan joy nomi). Warren o’zining falsafiy investitsiya qiymatiga ishqibozligi va o’zining ulkan boyligiga qaramasdan shaxsiy (tug’ma) qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, Buffet yana ko’zga ko’ringan sahovatpeshalardan ham biri hisoblanadi. Uning fikriga (falsafasiga) ko’ra baxtning 99%i xayrli ishlardan kelib chiqadi. U yana Grinell Kollejining moliya boshqaruvchisi a’zosi sifatida ham xizmat ko’rsatgan.

Buffet 1930-yili Omaha shtatining Nebraska shahrida tug’ilgan. 3 farzandning ikkinchisi va oiladagi yagona o’g’il. Buffet ilk ta’limni Omahadagi Rose Hill boshlang’ich maktabida oladi. 1942-yili uning otasi AQSH Kongressiga saylanganidan keyin ularning oilasi Washington DC ga ko’chib o’tadi. Keyinchalik Warren Alice Deal 7-o’smirlar o’rta maktabiga kiradi va 1947-yil Woodrow Wilson yuqori maktabini bitiradi. Buffet kichkinaligidayoq pul jamg’arishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, Coca-Cola yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shug’ullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik do’konida ham ishlagan. Yuqori sinflarda o’qib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali ancha-muncha pul yig’adi. 1945-yil universtitetning 2-kursdaligida Buffet va uning do’sti mahalliy sartaroshxonaga o’rnatgan pinball mashinasi uchun $25 sarflagan. Buffet bolalik paytidanoq aksiya bozori va investitsiya kiritishga qiziqgan. Shahar xizmatining imtiyozli aksiyalaridan 11 yoshida o’zi va singlisi uchun 3tadan sotib oladi. Universtitetda o’qish davomida biznesga pul tikadi va otasiga qarashli fermani sotib olib, ijarachi fermer sifatida faoliyat yuritadi. Kollejni bitirish arafasida Buffet $90,000 dan ko’p pul to’plagan.

Buffet Omahaga qaytgach Deyl Karnegi (Dale Carnegie) Jamiyatining notiqlik kursiga olingunga qadar birja makleri sifatida faoliyat yuritadi. Ish davomida u Omaha universtitetining kechki guruhida "Investitsiya Asoslari” fanidan dars berishga qaror qiladi va dars o’tishni boshlaydi. Talabalarning o’rtacha yoshi uning o’zining yoshidan 2 marta katta edi o’shanda. 1954-yili Buffet Benjamin Graham bilan hamkorlik qilishga rozi bo’ladi. Uning boshlang’ich maoshi yiliga $12,000 edi.

2008-yili Buffet Bill Gatesni taxtdan ag’darib, dunyoning eng boy kishisi degan nomni oladi. 2007-2008 yilgi jahon bozorlaridagi moliyaviy tanazzul ko’pchilik firmalarni ezib turgan vaqtda, Buffetning qilgan investitisyalari narxini vaqtinchalikka yuqoriga ko’tarib yuboradi. Forbesning bergan ma’lumotiga ko’ra uning boyligi $62 milliard ($62,000.000.000) edi. 2009-yili Bill Gates 1-o’rinni qaytarib olgan, Buffet esa 2-o’ringa tushgan. Ularning boyliklari mos ravishda $40 milliard va $37 milliardda baholangan edi. Lekin Buffet 12 oy ichida $25 milliardni yo’qotadi 2008/2009.

2009-yil fevralda Buffet o’zining Procter&Gamble Co va Johnson&Johnson kompaniyalaridagi qimmatbaho qog’ozlarini sotdi.

2006-yilda, Buffet o’zining shaxsiy Lincoln Town Car avtomobilini eBay kim oshdi savdo saytida sotadi. Sotuvdan tushgan $650,100 mablag’ni Gils Inc. xayr-sahovat fondiga taqdim etadi. 2008-yilning 27 Iyunida, Pure Heart China Growth Investment Fund kompaniyasining rahbari Zhao Danyang Warren Buffet bilan 5 kunlik "Kuch Nonushtasi” ni kim oshdi savdosida yutib oladi. Danyang bu 5 kunlik nonushtaga $2,110.100 to’lagan. Bu kim oshdi savdosidan tushgan barcha pul San Francisco Glide Foundation hayriya jamiyatiga o’tkazilgan. Keyingi yildagi Warren Buffet bilan bir kunlik tushlikka Torontoda joylashgan Salida Capital boshqaruvchilari $1.68 million miqdorida pul to’lashgan.

Warren Buffet har doim o’zining nutqlarida bir avloddan ikkinchi avlodga katta miqdordagi mablag’ning meros bo’lib o’tishini qoralaydi. Uning aytishicha, 3ta farzandi uning boyligining faqat juda kichik qisminigina meros qilib oladilar. Buffet "Men bollarimga hech nima qilmasdan, bekorchi bo’lib va bemalol yashashlariga yetadigan emas, balki o’zlari orzu qilgan ishlarini amalga oshirishlariga yetadigan darajada meros qoldiraman” degandi.
 

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга