«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Larri Ellison (Lawrence Joseph Ellison)
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 79526
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 11-01-2013, 18:46
11-01-2013, 18:46

Larri Ellison (Lawrence Joseph Ellison)

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

Larri Ellison (Lawrence Joseph Ellison)

 Tug’ilgan sanasi: 17 Avgust, 1944
 Sohasi: Kompyuter Dasturlari, Oracle Korporatsiyasi Rahbari
 Yashash joyi: Vudsayd, Kaliforniya. AQSH
 Fuqaroligi: AQSH
 Ma’lumoti: Urbana-Champaigndagi Illinoiz universtiteti (chala qoldirgan) va Chicago  universtiteti.
 Turmush o’rtog’i: Adda Quinn (1967-1974); Nancy Wheeler Jenkins (1977-1978); Barbara  Boothe (1983-1986); Melanie Craft (2003-2010) 
 Farzandlari: 2ta
 Moliyaviy ahvoli: $33 milliard (2011)


Lawrence Joseph "Larry” Ellison dunyoning yetakchi kompyuter dasturlari kompaniyasi bo’lmish "Oracle Korporatsiyasi”ning asoschisi va bosh ijrochi rahbari hisoblanadi. 2000-yilda dunyoning eng boy kishisi sifatida ta’riflangan edi.

Larry 9 oyligida zotiljam kasalligiga chalinadi. Shundan so’ng uning onasi Larryga qarashga o’zini noloyiq deb topib, chaqaloqni Chicagoda yashaydigan xolasi va pochchasining qaramog’iga topshiriadi, Lillian Spellman va Louis Ellisonlar 9oylik Larryni boqib olishadi.
Larry Ellison 48yoshga to’lgunga qadar o’zining haqiqiy onasi bilan ko’rishmagan.

1958-yili yanvarda Ellison Shimoliy Chicagodagi Eugene Field boshlang’ich maktabini tugatadi. Va 1959-yil kuzda Sallivan yuqori maktabiga qabul qilinadi.
Larry o’zining boqib olgan xolasini iliq soz’lar bilan xotirlaydi. Holasining erini esa qattiqqo’l va talabchan bo’lganligini ta’kidlaydi. Keyinchalik u Urbana-Champaign universtitetining 2-kurs talabasi bo’lganida yakuniy imthonlardan yiqiladi. Buning sababi imtihonda lom-mim demaganida edi. Chunki uni boqib olgan onasi o’sha vaqtda vafot etgan edi.

1970-yillar davomida Amdahl korporatsiyasidagi kichik qisqartirishdan keyin Ellison Ampeks korporatsiyasida ishlashni boshlaydi. Uning loyihlaridan biri bo’lgan Oracle, Markaziy Axborotlar Birlashmasi (CIA) uchun ajoyib ma’lumotlar ombori sifatida xizmat ko’rsatgan. 1977-yili u "Software Development Laboratories” kompaniyasiga asos soladi. 1979-yil kompaniya "Relational Software Inc.” deb qayta nomlanadi. Keyinchalik bu kompaniya "Oracle” deb nomlangan.

1990-yil Oracle 10% (400ga yaqin odam) ishchi kuchini ishdan bo’shatadi. Oraclening "up-front” bozor strategiyasi Oracleni deyarli inqirozga olib boradi. Bu strategiyaga ko’ra, sotuvchilar potensial xaridorlarga iloji boricha ko’p hajmdagi programmani sotib olishga majbur qilinganlar.
Ellison keyonchalik shunday degan edi: "Oracle aqlga sig’maydigan biznes xatolikka yo’l qo’ygan”.

Hozirda Larryning Salesforce.com, NetSuite, Quark Biotechnology korporatsiyasi va Astex Pharmaceuticalsda xususiy aksiyalari (ulushi) bor.
 

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга