«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Bill Geyts (William Henry Gates III)
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 77508
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 11-01-2013, 18:44
11-01-2013, 18:44

Bill Geyts (William Henry Gates III)

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

Bill Geyts (William Henry Gates III)

 Tug’ilgan Sanasi:28 Oktabr, 1955
 Sohasi: Kompyuter Programmalari, Microsoft
 Yashash joyi: Medina, Vashington, AQSH
 Fuqaroligi: AQSH
 Ma’lumoti: Harvard Universiteti (tugallanmagan)
 Turmush o’rtog’i: Melinda Gates
 Farzandlari: 3ta
 Moliyaviy ahvoli: $59 milliard (2011)


William Henry "Bill” Gates III – Amerikalik biznesmen magnat, investor, bir necha kitoblar muallfi va saxovatpesha kishiligi bilan hammamizga ma’lum. Bill Microsoft kompaniyasini do’sti Paul Allen bilan birga 1975 yilda tashkil qilgan. Bill yana Microsoftdagi ish faoliyatidan tashqari Bill & Melinda Gates fondini ham rahbar sifatida boshqaradi.

Bill shaxsiy kompyuterlar inqilobining eng taniqli insoni sifatida ham tan olingan. Bill 2000-yildan beri tashkil qilgan Bill & Melinda gates fondi orqali xayriya yo’lida va ilmiy tadqiqotlarga ko’p miqdorda pul sarflaydi.

1975-yili Microsoftning birinchi offisini tashkil qiladi. 1985-yil 20-noyabrda u birinchi Microsoft Windows operativ tizimini yaratgan.

1987-yilda, 32 yoshga to’lishidan bir necha kunlar oldin, Forbes jurnalida eng yosh millarder deb rasman tan olingan. O’shanda Bill Gatesning shaxsiy boyligi oldingi yilga qaraganda $900 millionga ortib, $1,25 milliardga yetgan edi. Shuni yana ta’kidlab o’tish lozimki, 1999-yilda ozgina muddatga, Billning boyligi $101 milliard ($101,000.000.000) ni tashkil etgan. Bu holat uning "sentimilliarder” (centibillionaire) degan nom bilan atalishiga sabab bo’lgan.

2006-yilda bergan intervyusida, Bill Gates "Dunyoning eng boy kishisi” degan nomni yoqtirmasligi va bu nomning unga keraksiz e’tibor keltirishini ta’kidlab o’tgan.

2010-yilning aprelida Massachusetts Texnologiya Institutining talabalari bilan bo’lgan uchrashuvida: "Har doim kelajakda oldingizga hech kim qilishga jur’ati yetmagan mushkul ishni qilishni maqsad qilishni rejalashtiring” deb aytgandi o’shanda Bill talabalarga qarata.

Bill Forbes reytingining 1995-yildan 2009-yilgacha (2008-yildan tashqari) "Dunyodagi eng badavlat kishisi” sifatida e’tirof etilgan.

2007-yilidagi ma’lumotga ko’ra, Bill turmush o’rto’gi Melinda bilan $28,000.000.000 (28 milliard AQSH dollari) miqdoridagi pulni xayriya yo’liga sarflashgan. Ular o’zlarining pullarini 95% ini xayriya fondlariga topshirishni rejalashtirishmoqda.

Bill Gates 1994-yilning 1-yanvarida Melinda Frenchga uylangnan. Ularning ikki qizlari, Jennifer Katharine (1996) va Phoebe Adele (2002), va o’g'illari, Rory John (1999) bor. Gates oilasi, Vashingtonning Medina shahridiga uyda istiqomat qilishadi. Uyning maydoni 6,100 m2 bo’lib, unda 18m lik isitilgan basseyn (basseyn suv osti musiqa tizimi bilan johozlangan), 230 m2 lik sport zali va 93 m2 lik mehmonlar xonasi bor. Uyning 2006 bahosi $125 million deb hibolangan va uyning yillik solig’i $991,000 ni tashkil qiladi. Billning yutuqlari ichida Leonardo Da Vinchining "Codex Leicester” nomi bilan atalgan qo’ly yozmalari majmui alohida o’rin egallaydi. 1994-yilda bo’lgan kim oshdi savdosida, qo’l yozamalarga $30.8 million midorida pul to’lagan.

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга