«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Elon Musk – fazoni ko’zlagan tadbirkor
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 78165
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 11-01-2013, 18:40
11-01-2013, 18:40

Elon Musk – fazoni ko’zlagan tadbirkor

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

Elon Musk – fazoni ko’zlagan tadbirkor

 Sizga bir kishi kelib: "Men, Mars sayyoriasiga boraman. Poliz qilib bodring, piyoz, sho’lg’om va  turp ko’kartiraman. 80,000 kishilik mahalla qilib, Odamzot kelajagi uchun yangi dunyo ochib  beraman” desa, "iye, kayfing oshib qolibdi-ku og’ayni…” deyishingiz turgan gap. Lekin huddi shu  kishi, o’tgan bir necha yillar mobaynida tuppa-tuzuk ishini tashlab, Zip2ga asos solib,  keyinchalik Compaqga $307 millionga pullab, 2-3 yildan keyin X.com ni boshlab va uni  Confinity bilan birga bog’lagan holda PayPalni tashkil qilib, 1 yildan keyin eBayga $1.5  milliardga pullagan bo’lsachi? Kechirasizu, bu kishiga boshqacha tashxis qo’yishingizga to’g’ri  kelib qolishi mumkin. Ha, gap Elon Musk (Ílon Mask) haqida ketayapti. 


Elon Musk 1971 yilning 28 Iyunida Janubiy Afrika Respublikasining Pretoriya shahrida tavallud topgan JAR/AQSHlik tadbirkordir. 10 yoshlik Elon Musk, kundalik harajatlaridan orttirib, yig’ib qo’ygan pullariga ota-onasidan qo’shimcha pul oladi va birinchi kompyuterini sotib oladi. Mustaqil ravishda kompyuter dasturlash tilini o’rganadi va 12 yoshligida yaratgan kompyuter o’yinini $500ga pullaydi. Elon o’zining birinchi Biznes Bakalavr diplomini The Wharton Shooldan, ikkinchi, Fizika Bakalavr diplomini Pennsilvaniya Universitetidan oladi.

Muskning eng ko’zga ko’ringan yutuqlaridan Tesla Motors, PayPal va SpaceXlar ozlarining yo’nalishlarida eng ilg’or loyihalardan hisoblanadilar.

1983: 12 yoshlik Elon Musk "Blast Star” (Yulduzlarni Portlatib) kompyuter o’yinini yaratadi va shu yilning o’zida kompyuterlar oynomasiga $500 bahoga sotadi.

1995: Stanford Universitetining "Bitiruvchi fiziklar loyihasi”ga qabul qilinadi. Ikki kundan keyin bu loyihani tashlab, internetda maqolalar chop etish platformasi Zip2ni yaratishga kirishadi.

1999: Tashkil qilgan Zip2 platformasini Compaq korporatsiyasiga $307 millionga sotadi.

1999: X.com – internet to’lovlarni amalga oshiradigan yangi loyihaga asos soladi.

2000: Maks Levchin va Pete Thielning Confinity firmasini sotib oladi va X.com bilan birlashtirib PayPal ni tashkil qiladi.

2001: Tibbiyot, Muhandislik, Fazo fanlari va "yashil quvvat” bo’yicha izlanishlarga homiylik qilishga qaratilgan Elon Foundation fondiga asos soladi.

2002: PayPalning birlamchi qimmatbaho qog’ozlari taklifga qo’yildi (IPO). Birinchi kundagi oldi-sotdidan keyin, PayPalning qimmatli qog’zolari narxi 54%ga oshdi. 8 oydan keyin, eBay Paypalni $1.5 milliardga sotib oladi.

2002: Eng zamonaviy raketa va fazo kemalarini yaratish niyatida SpaceX (Space Exploration Technologies) firmasiga asos soladi va bosh loyihalar mutaxassisi sifatida o’z ishini boshlaydi.

2004: Tesla Motors, elektr quvvati bilan harakatanuvchi sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korhonaga asos soladi.

2006: Hozirgi kunda AQSHning 33,000dan ortiq binolarini quyoshdan to’plangan elektr quvvati bilan ta’minlayotgan SolarCity korxonasini yaratilishida yordamlashadi va shu kungacha maslahatchi sifatida faoliyat ko’rsatib kelayapti.

2008: NASA SpaceXning Falcon 9 uchirish qurilmasi va qayta foydalanishga mo’ljallangan Dragon fazo kemasini Halqaro Fazo Stansiyasiga yuklarni olib chiqish uchun loyiq deb topadi.

2010: Rejissor Jon Favreau boshchiligida suratga olingan Temir Kishi 2 (Iron Man 2) filmida kameo ko’rinish beradi.

2010: SpaceXning Dragon fazo kemasi tarixda birinchi shaxsiy fazo kemasi sifatida Orbitaga chiqib, muvaffaqiyat bilan Yerga qaytib tushadi.

2012: SpaceXning Dragon fazo kemasi NASAga aloqador bo’lmagan birinchi kema sifatida Halqaro Fazo Stansiyasiga birlashadi.
 

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга