«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Ёш тадбиркорлар » Сиз таваккалчимисиз? (психологик тест)
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 83813
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 5-01-2013, 09:48
5-01-2013, 09:48

Сиз таваккалчимисиз? (психологик тест)

Йўналиши: Ёш тадбиркорлар

Сиз таваккалчимисиз? (психологик тест)

 Hayotda har kuni qandaydir qarorlar chiqarishimizga to‘g‘ri keladi. Kimdir o‘ylab o‘tirmay bir qarorga kelsa,  yana kimdir "Yetti o‘lchab, bir kes” maqoliga qat’iy amal qilishga odatlangan. Siz-chi? Quyidagi test sizga bu  borada ko‘mak beradi deb o‘ylaymiz.
 1. Ish joyingizda yangi qoidalar o‘ylab topishdi deylik. Bu sizning xarakteringizga butkul zid. Siz bu qoidalarga  tez ko‘nika olasizmi?
 a) Ha (3 ball)
 b) Yo‘q (0 ball)
 2. Yangi jamoaga tez moslashasizmi?


a) Ha (4 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
3. Boshliqlarga yoqmasligini bilsangiz ham ish joyingizda tanqidiy fikrlarni ochiq ayta olasizmi?
a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
4. Agar boshqa korxona, tashkilotda ko‘proq maoshli lavozimni taklif etishsa, o‘ylab o‘tirmay o‘tib ketgan bo‘larmidingiz?
a) Ha (2 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
5. Xatoingizni yashirish uchun bahonalar qidirishga odatlanganmisiz?
a) Ha (0 ball)
b) Yo‘q (4 ball)
6. Qaysidir taklifni ochiqchasiga yumshoq gap bilan, vaziyatni tushuntirgan holda rad etasizmi?
a) Ha (2 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
7. Qizg‘in bahs bahonasiga o‘zingizning qaysidir masaladagi qarashlaringizni o‘zgartira olasizmi?
a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
8. Kimningdir ijodiy ishini o‘qib chiqdingiz. Fikringizcha, buni boshqacharoq, yaxshiroq yozish mumkin edi. Muallifga tushuntirgan holda matnga o‘zgartirishlar kiritasizmi?
a) Ha (2 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
9. Do‘konda nimanidir yoqtirib qoldingiz. Lekin bu narsa unchalik zarur emasligini bilasiz. Baribir sotib olarmidingiz?
a) Ha (0 ball)
b) Yo‘q (2 ball)
10. Kimningdir maslahatlariga amal qilib har qanday qaroringizni o‘zgartira olasizmi?
a) Ha (0 ball)
b) Yo‘q (3 ball)
11. Mehnat ta’tilingizni oldinda nimalar bo‘lishi haqida o‘ylab o‘tirmay, oldindan rejalashtirasizmi?
a) Ha (1 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
12. Hamisha va’dangizga vafo qilasizmi?
a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)
NATIJALAR:
0—9 ball. Siz u qadar tavakkalchi emassiz. Har bir qaror haqida uzoq vaqt o‘ylaysiz. Kimlar bilandir maslahatlashasiz. Yig‘ilishlarda jimgina o‘tirishni ma’qul ko‘rasiz.
10—18 ball. Har bir qarorni ehtiyotkorlik bilan, jiddiy muammolarga duch kelib qolmaslikni unutmagan holda chiqarasiz.
19— 28 ball. Yetarlicha tavakkalchisiz. Tajribangiz sizga doimo shunday yo‘l tutishga yordam beradi va kamdan-kam hollarda xatoga yo‘l qo‘yasiz.
29 va undan ortiq ball. Tavakkal qilmaslik siz uchun mavhum tushuncha. O‘zingizga, bir ishni boshlasangiz, muvaffaqiyatli tugata olishingizga bo‘lgan ishonch sizni hamisha tavakkal ish tutishga undab turadi. Xato qilsangiz, o‘zingizni emas, boshqalarni ayblash odatingiz ham yo‘q emas. Ko‘pincha yaqinlaringizga bu odatingiz salbiy ta’sir etib, bir qarorga kelishga uzoq muddat qiynalib ham yurishadi. Bu sizning juda katta kamchiligingiz. Ko‘zguga boqing. Balki o‘sha kamchiliklaringizni ko‘rishga muvaffaq bo‘larsiz.
 

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга