«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Тадбиркорлик фаолияти » Психологик тестлар
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 90598
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 10-12-2012, 02:56
10-12-2012, 02:56

Психологик тестлар

Йўналиши: Тадбиркорлик фаолияти

Психологик тестлар...
Tadbirkorlik qobiliyatingiz bormi?

 Ushbu test sizning ishbilarmonlikka qobiliyatingiz bor yoki yo’ligini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi savollarga "Ha” yoki "Yo’q” tarzida javob bering.

Boshlagan ishingizni har qanday to’siqlarga qaramay oxiriga yetkaza olasizmi?
1. Qabul qilgan fikringizda qat’iy turasizmi yoki sizni fikringizdan qaytarish osonmi?
2. Mas’uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni xush ko’rasizmi?
3. Hamkasblaringizning hurmati va ishonchiga sazovormisiz?
4. Hech qanday rag’batlaru mufokotlarsiz ham ertadan kechgacha ishlayverasizmi?
5. Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko’rasizmi?
6. Qilayotgan ishingizning to’g’riligiga boshqalarni ishontira olasizmi?
7. Birovlarning fikri va g’oyalarini tez ilg’ab olasizmi?
8. Boshlayotgan ishingizni yaxshi bilasizmi? Tajribangiz bormi?
9. Amaldagi soliq tizimi, hisob – kitob ishlari bilan yaxshi tanishmisiz?
10. Shahringizda, viloyatingizda, mamlakatingizda siz taklif etayotgan mahsulotga yoki xizmatga talab bormi?
11. Marketing va moliya sohasida boshlang’ich ma’lumotlaringiz bormi?
12. Siz yashab turgan shaharda sizga hamkasb tadbirkorlarning ishi rivojlanyaptimi?
13. Ijaraga olish uchun biror binoni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?
14. Ish boshlaganingizdan keyin bir yil davomida o’zingizni moddiy ta’minlab turish imkoniyatingiz bormi?
15. Qarindoshlaringiz, do’stlaringizni korxonangizga moddiy yordam berishga ko’ndira olasizmi?
16. Sizga zarur xomashyoni yetkazib beradigan ta’minotchi bormi?
17. Aqlingiz yoki tajribangiz yetmagan masalalarda sizga maslahat bera oladigan mutaxassislarni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz? 

"Ha” javobi uchun 10 ball. "Yo`q” javobi uchun 5 ball bering.
170 – 140 ball. Tadbirkorlik salohiyatining ancha yuqori. Bu sohada muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Asosiysi birinchi qadamni tashlash. Orzularingiz orzuligicha qolib ketishiga yo`l qo`ymang. Siz kelajakda yetuk tadbirkor bo`lib yetishishingizga ishonch bildiramiz…
130 – 90 ball. Tadbirkorlik sohasida ma`lumotingiz bor. Bu sohada sizga yordam beruvchi yaqinlaringiz bilan maslahatlashgan holda ishni olib borishingiz kerak.

80 – 50 ball. Bu sohani hali o`rganishingiz va bilim, ko`nikmalarini oshirib borishingiz zarur.

 

Kema kapitanimisiz yoki yo’lovchi??

Biznesda muhim xususiyatlardan biri – boshqaruvchilik qobiliyati. Agar boylikni bir dengiz deb bilsangiz, unda muvaffaqqiyatli sayohat qilmoq uchun siz albatta kema kapitani bo’lishingiz kerak. Ammo, bu qo’lingizdan keladimi? Zarur o’rinda tadbirkorlik, qat’iyat va uddaburonlik ko’rsata olasizmi? Orqangizdan odamlarni ergashtirishni eplaysizmi? Quyida taklif etayotganimiz 15 savolga javob bering va ballarni hisoblab, ta’rifni o’qib ko’ring.
1. Hayotimda ro’y beradigan har bir hodisaga o’zim javobgarman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
2. Agar ba’zilar menga nisbatan munosabatini o’zgartirganda edi, hayotimda shuncha muammo bo’lmas edi.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
3. Muvaffaqqiyatsizliklarim haqida o’ylab o’tirishni emas, harakat qilishni yoqtiraman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
4. Ba’zan "omadsiz yulduz” ostida tug’ilganday bo’laman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
5. Ichkilikbozni ko’rganda, hammasiga o’zi aybdor deb o’ylayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
6. Ba’zan hozirgi ahvolimga boshqalar sababchi, deb o’ylayman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
7. Agar shamollab qolsam, shifokorga yugurmasdan, o’zim davolanaman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bimayman – 5 ball
8. Ayollarning ko’pchilikka yoqmaydigan maydagap va injiqligiga ularning o’zi emas, atrofdagilar aybdor, deb bilaman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
9. Har qanday muammoni hal qilish mumkin, har qanday hayotiy qiyinchilikka uchraganlarni tushunmayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
10. Menga bir zamonlar berilgan yordamdan hamon minnatdorligim uchun o’zim ham boshqalarga yordam berishni xush ko’raman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 abll
11. Biror zoddiyat tug’ilib qolgudek bo’lsa ayb izlashni o’zimdan boshlayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
12. Agar yo’limni qora mushuk kesib o’tsa, ko’chaning boshqa yuziga o’taman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
13. Inson vaziyatdan qat’iy nazar, kuchli va mustaqil bo’lishi shart deb hisoblayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
14. O’zimning ayblarimni bilaman, ammo atrofdagilar bunga e’tibor bermasliklarini istayman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
15. Yuz bergan vaziyatga, agar uni o’zgartirishga ko’zim yetmasa, moslashaman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
49 ballgacha – Siz hayot kemasida yo’lovchisiz. Ro’y bergan hodisalarning hammasida boshqalarni aybdor qilasiz. Chin mustaqillik siz uchun yetib bo’lmas cho’qqi. Ammo, boshqalar bilan chiqishib keta olasiz.
50-90 ball – Siz kemani bemalol boshqara olasiz, ammo zarur paytda rulni ishonchli qo’llarga topshira olasiz. Shaxsiy muammolaringiz sabablarini xolis baholaysiz. Mulohaza, g’ayrat va sezgirlik sizning doimiy hamrohingiz. Qanday yo’l tutish lozimligini bilib, mas’uliyatni zimmangizga olishingiz mumkin. Qarashlaringizga xiyonat qilmagan holda, atrofdagilar bilan kengashib yashaysiz.
100-150 ball – Siz – kema kapitanisiz. Atrofingizda sodir bo’lgan har bir hodisaga javobgarman, deb o’ylaysiz. Ko’p narsani o’zingizga olasiz. Qiyinchiliklarni hech kimga ovoza qilmay, boshqa muammolarga aralshtirmay yengasiz. Yo’lingizda payo bo’lgan masalanigina ko’rasiz va uning yechimigina sizni qiziqtiradi. Bu paytda ko’nglingizdan nimalar kechayotgani atrofdagilarga qorong’uligicha qoladi

 

СИЗ ЛИДЕРМИСИЗ?

 Саволларга ўйлаб ўтирмасдан жавоб беринг. Учта жавобни ишлатишингиз мумкин: "Ҳа”, "Йўқ” ва "Билмайман”. 
1. Болалигимданоқ бошқа инсонларга бўйсуниш мен учун катта муаммо эди.
2. Менимча, бошқалар устидан ҳукмдорлик қилиш ҳисси ривожланган инсонларсиз фан ва маданиятда ривожланиш бўлмаган бўларди.
3. Менимча, ҳақиқий эркак аёлни ўз иродасига бўйсундиришнинг уддасидан чиқа олади.
4. Ростини тан оладиган бўлсам, яқинларимнинг ғамхўрлигидан энсам қотади.
5. Аёлнинг асл табиати бўйсунувчанлик, деган тасдиққа тўла-тўкис қўшиламан.
6. Яқинларимнинг фаровон яшашлари учун барча масъулиятни ўз зиммамга олишга мажбур эканлигимни менимча ҳамма ҳам тушунавермаса керак.
7. Менимча, жуда кўплаб муаммолар қаттиққўл лидер йўқлигидан келиб чиқади.
8. Тезда қарор чиқарилиши лозим бўлган мураккаб вазиятларда тўғри йўл тутишим учун кўп вақт талаб этилмайди.
9. Нимани севишимни жуда яхши биламан ва бошқа инсонларни бошқаришим мумкин.
10. Ҳеч кимнинг олдида охиригача очилишни истамайман ва бу қўлимдан ҳам келмайди.
11. "Сокин гўша” ҳақидаги орзулар менга ёқади.
12. Менимча, ходим бошлиғининг ҳар қандай буйруғини бажара олиши керак.
13. Эҳтимол, бу ғалати кўринар, бироқ яқинларидан ниманидир сўраш тўғри келиб қолган вазиятларда ич-ичимдан қаршилик сезаман.
14. Мендан кимдир изоҳ талаб қиладиган вазиятлар тез-тез рўй бериб туради, бироқ менинг назаримда, ҳаммаси шундоқ ҳам равшан бўлади.
15. Фикримча, характерим оиламизда устун бўлган отам (онам) нинг характерига жуда ўхшаш.
Ҳар бир "Ҳа” жавобига 10 балл, "Билмайман”га 5 балл, "Йўқ”га 0 балл белгиланг.
ТЕСТ НАТИЖАЛАРИ:
150-100 балл: Сизнинг жавобларингиз нима қандай эканлиги ва қандай бўлиши кераклигини билувчи буюк диктатор сиймосини яратмоқда. Бундай хатти-ҳаракатингизни сиз осонгина оқлайсиз. Сиз бошқаларни ишонтироласиз ва ишни ўз муддатида бажартириш учун улар устидан раҳбарлик қилоласиз. Бироқ, дам-бадам қўл остингиздагиларнинг товушида, нигоҳларида "дам олишга фурсат беринг”, деган нидо кўрасиз!
95-50 балл: Мувозанат ва қатъият, оқиллик ва ҳисоб-китоб, тўғри ва оқилона маслаҳат бериш — мана булар сизнинг бош фазилатларингиздир. Бошқаларнинг фикри ва истагини ҳисобга олиб, агар муҳим бўлса бошқарасиз, агар керак бўлса ён берасиз. Бироқ керакли воситалардан фойдаланиб доим ҳам мақсадга етишаётганингиз ёки йўқлигини фақат ўзингиз биласиз.
45-0 балл: Сизнинг жавобларингиз "психологик илон”га хос. Гарчи зарурияти бўлмаса-да, ҳар қандай жеркишни осонгина ҳазм қиласиз, ҳеч ким талаб қилмаётган бўлса-да, бор-будингизни қурбон қилишга тайёр бўласиз. Кўпинча ўз ожизлигингизни англагач, сиз... дадил хатти-ҳаракатларни амалга оширасиз. Чорасизликдан, ўзингизда етишмаётган ҳарактер қирраларини бошқалардан қидира бошлайсиз ва ўзингиз учун энг яхши ҳаёт умиди ва маъносини ана шундан топасиз.



 

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.