«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » Бош сахифа » Давладманд булиш учун истедод керакми?
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 84420
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 3-01-2013, 15:43
3-01-2013, 15:43

Давладманд булиш учун истедод керакми?

Йўналиши: Бош сахифа, Ёш тадбиркорлар

DAVLATMAND BO’LISH UCHUN ISTE’DOD KERAKMI? 

To'kin yashash, davlatmand bo'lish uchun nima qilish kerak? Kam-ko'stsiz, boy-badavlat yashashning sirlari nimalardan iborat? Hozir bu kabi savollar ustida bosh qotirmagan, ular ustida o'ylamagan odam kamdan-kam. Inson o'zini tanibdiki, yaxshi hayot kechirish, obro'-e'tibor orttirish ustida fikrlaydi, orzu-havaslariga erishish yo'lida harakat qiladi. Kimdir nimadir qilmoqchi ekan o'zi uchun qiladi. Qiladigan ishning ma'nosi; samarasi insonning botiniy kuchlari - ongi va va qalbning javhariga bog'liq.

Bugungi kunda shaxsning o'z ustida ishlashi va badavlat bo'lish sirlari haqida ko'plab foydali kitoblar chiqmoqda. Ularni qiziqqan kitobxonalar qidirib topib o'qishmoqda. O'n besh-yigirma yillar burun Amerika ishbilarmoni Deyl Karnegining kitoblari qo'lma-qo'l o'qildi.

Xo'sh, bu kitoblar nimasi bilan e'tibor qozonmoqda? Nega bu asarlar dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilinib tezda tarqalib ketyapti?

Buyuk olim Tomas Edisonning 1093 ta ixtiroga patenti bo'lgan ekan. Tinib - tinchimas fizik mingdan ortiq kashfiyotini hayotligidayoq xalq xo'jaligiga tatbiq etishga erishgan. Biroq uning hayotida ham juda ko'p omadsizliklar bo'lgan. Hammasi xamirdan qil sug'urgandek oson bo'lavermagan. U elektr lampasini ixtiro qilgunicha 11 mingdan ziyod tajribalar o'tkazgan. Yuqoridagi raqamlar bilan solishtirib ko'rishning o'ziyoq olimning qancha mashaqqat chekkanini anglatadi.

Undan yosh bir journalist: "Nega besh ming marta omadsizlikka yuz tutsangiz ham hamon ishonch bilan tajribalaringizni davom ettiryapsiz? "- deb so'rabdi. Tomas Edison shunday deb javob beribdi: "Men hech qanday omadsizlikka duch kelganim yo'q. Bunda tavakkal bilan hech nimaga arzimaydigan besh mingta usulini aniqladim. Natijada besh mingta xususiyat bilan haqiqiy kashfiyotga yaqin qoldim".

Amerikalik muallif Og Mandinoning "Buyuk savdogar" asari bugungi kunda juda mashxurdir. O'sha asardan bir kichik bobni ushbu kitobcha sahifalarida e'tiboringizga havola qilyapmiz.

Xalqimizda "Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar" degan maqol mavjud. Atoqli ustoz yozuvchilarmizdan biri adabiy suhbatlarida shunday degan edi:"Hayotimda shunday ajoyib fe'lli yosh iste'dod sohiblarini uchratdimki, ular doim "pir izlab" qiynaladilar. Men ularga shunday degan bo'lar edim, kosibga shogird tushish uchun balki shunday qilish to'g'ridir, lekin buning uchun yozuvchi, shoirning iziga tushib yurish shart emas , axir ular yuzgan kitoblar bor-ku!".

Darhaqiqat,kitob - buyuk ustoz. Bu gapga qo'shimcha ravishda Amerika faylasufi Jim Ronning ma'ruzularidan birida aytgan fikrini keltiramiz: "Tushlik vaqtini o'tkazib yuborish mumkindir, ammo umrining eng mazmunli qismini kitob uqimasdan o'tkazib yuborish also mumkin emas".

Mutolaa sabab botiningizda yashayotgan orzularingizni amalgam oshirsangiz, kelajak uchun go'zal rejalar tuzsangiz, o'zingiz va atrofingizdagi odamlarga foydangiz tegsa, demak dori dardga malham bo'libdi.
Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга