«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 81347
  • Муаллиф: Admin

Пулларни кандай саклаш мумкин?

Бўлим: Ёш тадбиркорлар

"Pul yig’ish – foydali ish, ayniqsa, bu ishni siz uchun ota-onangiz qilib qo’jgan bo’lsa" Uinston CHERCHILL

"Bankir – sizga quyosh chiqib turganda soyabonini berib, yomg’ir boshlanishi bilan uni qaytarishni so’raydigan odam"  Mark TVEN

 

 Moliyachi-tadqiqochilarning aniqlashicha, MDH hududidagi fuqarolarning 57 foizi u yoki bu darAyada bank  hizmatlaridan foydalanadi. Ularning aksariyat qismi bitta bank miyozlari hisoblanadi. Shuningdek, fuqarolarning 52  foizi garchi miyoz puli saqlanishini kafolatlovchi omonatlarni sug’urtalash tizimi yaratilgan bo’lsada, hamon bank  tizimiga havotir bilan pul qo’jadilar.  
 Moliya-tahlil menejmenti vakillarining fikricha, bizning fuqarolarimiz moliyaviy masalalarda savodsiz va ulardan  behabar. Shuning uchun ham ular bugun kredit va bank tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy  hizmatlarning keng spektri imkoniyatlaridan foydalana olmaydilar. 
 Xuddi shunday vaziyat Rossiyada ham yuzaga kelgan. U erda fokus-guruh so’rovnomasi shunday natiyalarni ko’rsatdi: so’ralganlarning 40 foizidan ortig’i so’nggi ikki yil mobaynida birorta ham moliyaviy operaciya — hisob ochish, valyuta almashtirish, kredit olish, maoshni plastik kartichkaga olish ishini amalga oshirmaganliklarini ma"lum qilishgan. Bankda o’z hisob raqamiga ega rossiyaliklar esa 3,7-6,8 foizni tashkil jetgan”.  

 

Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 84910
  • Муаллиф: Admin

PULNI TEJASH USULLARI. Eski narsa haqida yangi gap yoki iqtisod haqida ikki og’iz.

Бўлим: Ёш тадбиркорлар

 

 Eski narsa haqida yangi gap yoki iqtisod haqida ikki og’iz. Iqtisod qilish — yangi tushuncha emas. Bu haqda  eslatish, ogohlantirish ham eskirgan usul. Bunday deyajotganimizga sabab, hammaning boyib ketganligi  emas, shunchaki tanbehu ogohlantirishlar bizga halal beradi. Keling, yaxshisi gap nimada ekanligini  tushunishga urinib ko’ramiz. Nima uchun odamlar iqtisod qilmaydilar? 

Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 85418
  • Муаллиф: Admin

PULNI QАYЕRDАN ОLISH MUMKIN. Sizning miyangizda qаnchа pul bоr ?

Бўлим: Ёш тадбиркорлар

PULNI QАYЕRDАN ОLISH MUMKIN. Sizning miyangizda qаnchа pul bоr?
 E’tibоringizgа tаniqli yozuvchi vа ruhshunоs Аlеksаndr Sviyashаning shаrhini hаvоlа qilаmiz,  u оmmаbоp  bo’lib kеtgаn bir qаnchа kitоblаr muаllifidir. "Bоyib kеtishingizgа nimа хаlаqit  bеryapti?” nomli kitоbi hаm  muallifning аnа shundаy аsаrlаri jumlаsigа kirаdi. Fаqаt o’qish  bilаn cho’ntаgingiz o’z-o’zidаn to’lib  qоlmаgаnidеk, buni o’qib chiqsаm, bоyib kеtаmаn, dеgаn  hаyolgа bоrmаng. Lеkin bu o’zingizgа vа o’z  mоliyaviy аhvоlingizgа bir bo’r nаzаr tаshlаshingizgа undаshi mumkin. 



Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1820
  • Муаллиф: Admin

O'zbekiston alkogol va tamaki uchun aktsiz solig'ini oshiryapti

Бўлим: Бош сахифа, Конунлар, Тадбиркорлик фаолияти

                       O'zbekiston alkogol va tamaki uchun aktsiz solig'ini oshiryapti

 2013 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston hukumati mamlakatda ishlab chiqariladigan alkogol, spirt, pivo va  tamaki mahsulotlari uchun aktsiz solig'i stavkalarini oshiryapti.Yangi stavkalar O'zbekiston Prezidenti Islom  Karimovning "O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013 yil uchun asosiy makroiqtisodiy  ko'rsatkichlari va parametrlarining prognozi to'g'risida”gi qarori bilan belgilandi, deya xabar beradi UzDaily.

Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 2875
  • Муаллиф: Admin

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining minimal stavkasi 8% gacha kamaydi

Бўлим: Бош сахифа, Конунлар

2013 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston hukumati jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining minimal stavkasini pasaytirmoqda.Yangi stavka mamlakat Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va parametrlarining prognozi to'g'risida”gi qarori bilan belgilandi.

Hujjatga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining minimal stavkasi bir foiz punktga – 8% gacha kamaytirildi.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1449
  • Муаллиф: Admin

"Lukoyl" O'zbekistondagi ikkita loyihasiga $2 mlrd. investitsiya qildi

Бўлим: Бош сахифа, Тадбиркорлик фаолияти

 

 Bugungi kunga qadar "Lukoyl” OAJ o'zining O'zbekistondagi ikkita loyihasiga $2 mlrd. mablag' yo'naltirgan. Bu  haqda "Lukoyl Oversiz” OAJning prezidenti Andrey Kuzyaev "Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida  ma'lum qildi.Uning so'zlariga ko'ra, kompaniya O'zbekistondagi loyihalariga yana qariyb $5 mlrd. mablag'ni  yo'naltiradi. Ushbu mablag'larga gazni qayta ishlovni zavodni qurish, yuzlab quduqlarni qazish va minglab km  ni tashkil etuvchi quvurlarni o'tkazish ishlari olib boriladi, deb yozadi UzDaily.

Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1778
  • Муаллиф: Admin

2013 yildan o'zbekistonliklar Pensiya jamg'armasiga ko'proq to'laydigan bo'ldi

Бўлим: Бош сахифа, Конунлар


 2013 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasiga kiritadigan majburiy sug'urta badallari 5,5% dan 6%ga oshiriladi. 

 Mazkur qaror O'zbekiston Prezidentining 25.12.2012 yildagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013 yil  uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va parametrlarining prognozi to'g'risida”gi № PQ-1887 sonli qaroriga  binoan qabul qilindi.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1303
  • Муаллиф: Admin

Soliq qarzdorligini mulkdan undirib olishning minimal miqdori belgilandi

Бўлим: Бош сахифа, Конунлар, Тадбиркорлик фаолияти

 
 O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov "O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2013 yil uchun asosiy   makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va parametrlarining prognozi to'g'risida”gi qarorni imzoladi.Norma.uz bergan  ma'lumotga ko'ra, ushbu qaror bilan soliqchilarning soliq qarzdorligini soliq to'lovchilarning mulki hisobidan  undirib olish imkoniyati cheklandi.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1216
  • Муаллиф: Admin

Navoiy EIIZda isitish uskunalarini ishlab chiqaruvchi Italiya-O'zbekiston QK tashkil etiladi

Бўлим: Бош сахифа, Тадбиркорлик фаолияти

 Italiyaning Merloni TermoSanitari kompaniyasi "O'zbekneftgaz” MXK bilan "Navoiy” EIIZ hududida  isitish uskunalarini ishlab chiqarish to'g'risida bitim imzoladi. 


Bu haqda Navoiy shahrining nav.uz portali xabar beradi. Ma'lum bo'lishicha yangi qo'shma korxona maishiy hayotda va sanoatda foydalanilishi mumkin bo'lgan hajmi 30-150 litrni tashkil etuvchi Ariston isitadigan va suv qaynatadigan qozonlarni ishlab chiqaradi. 


Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 3057
  • Муаллиф: Admin

Moliya vazirligi pensiyalarni qayta hisoblash tartibini tasdiqladi

Бўлим: Бош сахифа, Конунлар, Тадбиркорлик фаолияти

 2012 yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlarining oshishi munosabati  bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 noyabrdagi PF-4482-sonli Farmoni bo'yicha moliya  vazirining buyrug'iga binoan Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.Nizom bilan 2012 yil  1 dekabrdan keyin yakka tartibdagi koeffitsientlarni (2011 yil 1 oktyabrdan amalga kiritilgan) qo'llagan holda yangi  tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun eng kam oylik ish haqi miqdorlari  qo'llaniladi.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 2390
  • Муаллиф: Admin

Omonatlar bo'yicha pullarni bankning istalgan filialidan olish mumkin bo'ladi

Бўлим: Бош сахифа, Тадбиркорлик фаолияти

 Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan O'zbekiston Respublikasi banklarida depozit amaliyotlarini amalga  oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.Bundan buyon omonatchilar o'zlari  jamg'argan pullarni nafaqat dastlabki omonatni qabul qilgan bank filialidan olishi mumkin. Ushbu bankning boshqa  barcha filiallari ham qaerda joylashishidan qat'i nazar naqd pul mablag'larini cheklanmagan miqdorda va  omonatchining birinchi talabi bo'yicha berishga majbur.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 2659
  • Муаллиф: Admin

O'zbekistonda audit xalqaro talablarga muvofiqlashtiriladi

Бўлим: Бош сахифа, Конунлар, Тадбиркорлик фаолияти

 O'zbekiston Buxgalterlar, auditorlar va maslahatchilar federatsiyasi tomonidan "Moliyaviy hisobotlarning xalqaro  standartlari va Auditning xalqaro standartlari bo'yicha kuzgi o'qishlar" mavzusida turkum seminarlar tashkil  etildi.Ular O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi "2011-2015 yillarda respublika moliya-  bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga  erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PQ-1438-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazildi.

 Seminarlarda Buxgalterlar, auditorlar va maslahatchilar federatsiyasi a'zolari, milliy auditorlik tashkilotlari rahbarlari hamda bir necha yirik xalqaro auditorlik kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1262
  • Муаллиф: Admin

Eksport-import bilan bog'liq tashkilotlar rahbarlariga xalqaro yuk tashuvlari borasida ma'lumot berildi

Бўлим: Бош сахифа, Тадбиркорлик фаолияти

 O'zbekistondagi eksport va import operatsiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlariga  eksport va import yuklarini avtotransport vositalarida tashishda milliy tashuvchilar xizmatidan foydalanish  imkoniyatlari to'g'risida ma'lumot va tushuntirishlar berildi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo'lib  o'tgan ushbu yig'ilishda O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi mutasaddi va mutaxassislari yig'ilish  ishtirokchilarini mavzuga doir masalalar bilan tanishtirildi.

 Jonli ruhda o'tgan yig'ilish davomida to'planganlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga ham mutaxassislar  yordamida oydinlik kiritib oldilar, deya xabar beradi O'zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligining matbuot xizmati

Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1697
  • Муаллиф: Admin

Hamkorlikdagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga 44 ta sertifikat topshirildi

Бўлим: Бош сахифа, Тадбиркорлик фаолияти

30 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida "Ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyat, davlat va biznes hamkorligi” mavzusida ijtimoiy forum bo'lib o'tdi.Ijtimoiy forum nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlar, davlat tuzilmalari hamda Ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash fondi (ITQQF)ning grant dasturlari va boshqa loyihalari ishtirokchilari o'rtasida ochiq muloqot tarzida o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senator va Deputatlariga aholining kam ta'minlangan qismi uchun mikromoliyaviy zahiralardan foydalanishning soddalashtirilgan tizimini yaratishni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalardan iborat murojaatnoma loyihasining ishlab chiqilishi forumning asosiy natijalaridan biriga aylandi.
Янгилик ҳақида маълумот
  • Кўрилди: 1761
  • Муаллиф: Admin

2013 yilda UzOmanCapital O'zbekistondagi loyihalarga $100 mln. yo'naltiradi

Бўлим: Бош сахифа, Тадбиркорлик фаолияти

 2013 yili UzOmanCapital O'zbekiston-O'mon investitsiya jamg'armasi respublikadagi loyihalarga $100 mln.lik   moliyalashtirish ishlarini ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.Agentlik tarqatgan ma'lumotlarga  ko'ra, ushbu mablag'lar to'qimachilik loyihalariga, "Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida to'qimachilik,  elektrotexnika, qurilish materiallari bo'yicha yangi ishlab chiqarishlarni yaratishga yo'naltiriladi.

 Loyihalarning umumiy qiymati qariyb $300 mln.ni tashkil etadi. Jamg'arma loyihalarni birgalikda moliyalashtirishda  qatnashadi, deya xabar beradi UzDaily.

Орқага Олдинга