«BIZNESTRENER.UZ» бу – мамлакатимиз тадбиркор ва фермерлари ютуқларини кўрсатувчи кўзгу, «BIZNESTRENER.UZ» бу – хорижлик ишбилармонлар тажрибалари билан таништирувчи минбар, «BIZNESTRENER.UZ» бу – бой бўлишни истаганлар учун супер портал, «BIZNESTRENER.UZ» бу – тадбиркорлар ва инвесторларни боғлаб турувчи кўприк

biznestrener.uz » G’aroyib vasiyatlar
Янгилик маълумоти
  • Кўрилди: 83467
  • Муаллий: Admin
  • Вақти: 25-02-2013, 21:44
25-02-2013, 21:44

G’aroyib vasiyatlar

Йўналиши: ---

G’aroyib vasiyatlar

 

♦ Eng bema'ni vasiyatnomani marsellik etikdo‘z yozgan. Vasiyatnomadagi 123 ta so‘zdan 94 tasini o‘qishga til bormaydi. 

 

♦ Eng qisqa vasiyatnomani esa londonlik bankir yozgan. Uning vasiyatnomasi quyidagicha: "Men butunlay sindim". 

 

♦ Eng uzun vasiyatnoma AQSh asoschilaridan biri Tomas Jeffersonga tegishli. Amerika tarixi bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga olgan bu vasiyatnomada merosxo‘rlar barcha qullarni ozod qilganlaridan so‘nggina merosni olishlari mumkinligi bayon qilingan. 

 

♦ Tushunish qiyin bo‘lgan vasiyatnomani mashhur fizik Nils Borning laboranti yozgan. Vasiyatnomada maxsus atama va frazeologik iboralar shu darajada ko‘p bo‘lganki, uni o‘qish uchun tilshunoslarni chaqirishga majbur bo‘lishgan. 

 

♦ Eng yirik miqdordagi pulni Genri Ford vasiyat qilib qoldirgan. Vasiyatnomaga ko‘ra, uning 500 million dollar puli 4157 ta o‘quv va xayriya muassasalariga o‘tkazilgan.

 

♦ Eng maxfiy vasiyatnomani milliarder Mishel Rotshild qoldirgan. Unda "merosimning qanchaligini yozishni va e'lon qilishni mutlaqo taqiqlayman" degan so‘zlar bor. Shuning uchun milliarder qancha pulni meros qilib qoldirgani noma'lum.

 

♦  Millioner va kinoprodyuser Rojer Dorkas esa o‘zining 65 million dollar mablag‘ini Maksimilian laqabli itiga qoldirgan. U itiga inson sifatida hujjat olgan ekan. Xotiniga esa bor-yo‘g‘i 1 sent tekkan. Dorkasning xotini anoyilardan emas ekan. U Maksimilianga turmushga chiqqan va it o‘lganidan so‘ng uning merosiga ega bo‘lgan.

Ҳурматли мехмон, Сиз рўйхатдан ўтмасдан сайтимизга кирдингиз.
Лекин ўз фикр ва изоҳларингизни рўйхатдан ўтмасдан ҳам қолдиришингиз мумкин.
Орқага Олдинга