BIZNESTRENER.UZ қ , BIZNESTRENER.UZ , BIZNESTRENER.UZ , BIZNESTRENER.UZ ғ

biznestrener.uz » Ogirlangan buyuk kashfiyot
  • ʢ: 77479
  • : Admin
  • қ: 25-02-2013, 21:31
25-02-2013, 21:31

Ogirlangan buyuk kashfiyot

ɢ: ---

Ogirlangan buyuk kashfiyot

 Oz goyalarini abadiylashtirish insoniyatning doimiy orzularidan biridir. Buning uchun u dastlab oz fikrlarini gorlardagi  devorlarga tosh bolaklari bilan oyib yozdi, songra mum bilan qoplangan suyak tayoqchalar (stilo) yordamida pishirilgan gil  doskachalar ustiga bitdi. Xitoylik mutafakkirlar hayvonlar junidan olingan yoki tivitdan yasalgan qalamlarda oz qarashlarini  ifoda etganlar. Siyohi esa qorakuyadan olinardi. 

 Taraqqiyotning shiddatli oqimi boshqa usullardan ham foydalanib korish imkonini berdi. Siyohning tarkibiy qismlari ham  ozgarib bordi. Mozi(yongoq turi) asosida tayyorlangan ruchka "qoni" uzoq vaqt yashab qoldi.

UOTERMANNING PEROSI

 Ilgarilari epistolyar(maktubshunoslik) janri muxlislari bambuk yoki qamish poyasidan yasalgan qalamlarni ishlatishgan. VIII  asrga kelib, ramziy ma'noda aytganda, osimliklar ornini hayvonlar egalladi. Gap shundaki, aynan shu davrdan boshlab ruchka  tarixiga yangi nav - goz, tovus yoki qarga kabi qushlarning patlaridan tayyorlangan perolar kirib keldi. Biroq bu bilan ayrim muammolar hal etilmadi. Yangi turdagi yozuv vositasiga ega bolish uchun dastlab patlarni yogsizlantirish, quritish, kesish va mos shaklga kelguncha, uchini chiqarishdek oddiy bolmagan jarayonlarni amalga oshirish zarur edi. Shuning uchun ham tadqiqotlar katta tezlikda davom ettirildi. Pero qalpogi, toshbaqa pallasi, boshqa hayvonlar shohi va suyagidan tayyorlangan siyohdonlar mana shunday izlanishlarning navbatdagi mahsullari edi. 

Bugungi kunda polatdan ishlangan pero birinchi kim tomonidan yaratilganini hech kim aniq aytib berolmaydi. Qolaversa, uning asoschisi bolishdek sharafli ishga nomzodlar ham bir talay. Ulardan biri angliyalik usta Xarrisondir. U 1780 yili ilk bor ozi yasagan polat perolarni Birmingem bozorlarida sotgan. 1828 yilga kelib, yozuv vositasining yanada takomillashgan shakllari paydo boldi. Biz bilgan peroli ruchkalarni 1883 yildan boshlab Lyuis Edson Uoterman ishlab chiqargan. Uning mahsulotlari qisqa vaqt ichida mashhurlik shohsupasiga kotarildi. Tamaki shaklini eslatuvchi yozish vositalari nafaqat korinishi, balki siyohining oqib ketmasligi bilan (uning ajdodlarida bunday korsatkich deyarli yoq edi) ham odamlarning mehrini qozondi. Hozirgi kunda ham "Uoterman" rusumidagi ruchkalar shon-sharaf va nozik didning timsoli hisoblanadi. Siyoh bilan ta'minlovchi mexanizmdagi matematik aniqlik, korinishdagi nafislik, uning yordamida yozishga choglangan barmoqlarga baxsh etilgan qulaylik - bularning barchasi Uotermanning kashfiyotida mujassam edi.

"Uoterman" ruchkalari boshqalaridan ijodning yuksak namunasi ekanligi bilan ham ajralib turadi. Ruchkalar "Mahsulotlarning dizayni Lyuis Edson Uotermanning afsonaviy yangiligiga mos bolishi kerak!" shiori ostida sotuvga chiqariladi. Ularni ishlab chiqarishda kumush va oltindan katta miqdorda foydalaniladi. Ayrim ruchkalar perosidan tortib, korpusigacha sof oltindan ishlangan. "Uoterman" oltin ruchkasi asrlardan buyon ajoyib sovga va omad belgisi hamda an'anaviy sifat vazifasini katta muvaffaqiyat bilan bajarib kelayapti.

SHERLOK XOLMS ILK MARTA U ORQALI TASVIRLANGAN

"Uoterman"ning asosiy raqobatchisi "Parker", ayniqsa, garblik aristokratlar ortasida keng tanilgan. U siyosatchilar hamda san'at ahlining sevimli ish va ijod vositalariga aylangan. Aynan shu turdagi ruchka bilan taniqli yozuvchi   Artur Konan-Doyl mashhur qahramoni - Sherlok Xolms haqidagi asarini yozgan. Buyuk Britaniyaning qirollik saroyida ham "Parker" peroli ruchkalarini hujjatlarni imzolash uchun qollash allaqachon odat tusiga kirgan. "Parker" savdo belgisi ham "Karter" soatlari kabi muhim imidj aksessuariga aylanib ulgurgan.

"Kolibri", "Rubinato", "Dyuran" rusumidagi unchalik qimmat bolmagan ruchkalar esa maktab oquvchilari uchun ajoyib sovga bolishi mumkin.

Peroli ruchkalar yozish vositalarining davomiy evolyutsiyasidagi songisi bolib qolmadi.

SHARIKLI RUCHKALAR OLAMI

Bu boradagi muhim voqea sharikli ruchkaning yaratilishi boldi. Oziga xos avtoruchka uchun 1888 yili amerikalik Jon Loud patent olgan bolsa-da, bu aytarli darajada samara keltirmadi. Muammo shunda ediki, yangi turdagi bitish vositasining siyohi qogozga (chontakka ham) oqib ketar yoki qotib qolardi. Bunday ruchkada yozish katta mashaqqat edi, ammo ushbu ommabop goya unutilib ketmadi. 1938 yili vengriyalik Jozef Biro bizgacha yetib kelgan sharikli ruchkalarni yaratdi...

Sariq, qizil va oq rangli oltin bilan ishlov berilgan va mashhur logotip ikkita "C" harfi tushirilgan "Karter" ("Cartier") avtoruchkalari ishbilarmon ayollar uchun ideal sovga hisoblanadi. "S.T.Dyupon"ga tegishli va platina hamda Xitoy laki bilan ishlov berilgan jiddiy korinishdagi mahsulotlar erkaklarga yoqishi tabiiy. Originallik shinavandalariga sadaf, kumush hamda smola bilan ishlov berilgan "Montegrappa" ruchkalari, zeb-ziynat va dabdabaga qiziquvchilar uchun yashm(nefrit) qimmatbaho toshidan yasalgan qopqoq kiygizilgan "Aurora" sharikli "siyohli qalami" tavsiya qilinadi. Bu boradagi eng uygun savdo belgisi "Monteblank" sanaladi. Uning tog billuri tomchilari, sintetik sapfir(zangori yoki yashil rangli qimmatbaho tosh), ametist (binafsharang qimmatbaho tosh) yoxud yoqut bilan bezatilgan mumtoz avtoruchkalari ilhombaxshdir.

KELAJAK - ROLLERLARNIKIMI?

Kantselyariya olamiga shiddat bilan kirib kelgan yana bir ruchka turi rollerlardir. Aylantirib ochiladigan mazkur yozish vositalariga asos qilinib sharikli va peroli ruchkalarning mushtarak texnologiyasi olingan. Bu borada alyuminiy, kumush, oltin va bir qator kamyob yogoch turlarini ishlatadigan "Jan Per Lepin" firmasi ancha ilgarilab ketgan. Yuqori dizayn va sifatga ega hamda cheklangan miqdorda rollerlarni sotuvga chiqaruvchi mazkur tashkilot jahon bozorida oziga yarasha obroga ega.

"Bossert end Erxard"ning toza kumushdan yasalgan, tilla suvi yuritilib, qora lak va gravyuralar bilan bezak berilgan ruchkalari, frantsuz kompaniyasi - "Korloff"ga tegishli va tarashlangan olmos bilan ishlov berilgan mahsulotlar adabiyot yoki ilmiy ijod dunyosidan kora zargarlik olamida koproq shuhrat qozongan. 

RASMIYATCHILARNING SEVIMLI OYINCHOGI

Sir emaski, ayrim ishbilarmon shaxslar ruchkaga qaraganda qalamni ma'qul koradilar. Biror bir siyosatchi yoki tadbirkorning stoli ustida qalam tursa, bu uning rasmiyatga ota moyilligi va  barchadan tozalikni talab qiluvchi shaxs ekanidan darak berar ekan. Oddiy qalamni har doim kerakli vaziyatda saqlash qiyin bolgani uchun, ular mexanik tarzda ishlaydigan yozuv tayoqchasini ishlatishadi, chunki uchini chiqarish yoki otkirlash kabi muammolar oz-ozidan hal bolishidan tashqari, unda bitilgan sozlar va jumlalar chiroyli hamda ifodali korinadi. Bu borada "Karter"ning oltin, platinali mahsulotlarining oldiga tushadigani yoq. "Uoterman" ham ozining polat kollektsiyasi bilan undan qolishmaslikka harakat qiladi.

OMADSIZ JURNALIST

Avtoruchkaning yaratilishi va tarqalishi tarixi taqdir oyinlariga boy otgani bois, u haqda toliqroq toxtalib otish qiziqarlidir.

...1943 yilning 10 iyunida mojar jurnalisti Jozef Biro ozining sharikli ruchkasiga patent oldi. Shu yili London dizayn muzeyiga tashrif buyuruvchilar mazkur yangilikni arzon narxi hamda katta qulayliklarga ega bolgani uchun dunyoning eng buyuk kashfiyoti deb tan oldilar, ammo bundan kasbdoshimiz emas, balki uddaburon tijoratchi  katta foyda kordi.

Millionlab dollar daromad keltiradigan kashfiyot qilish mumkin, ammo uni himoya etish-chi? Ehtimol, vengr ijodkori 1930 yillar oxirida oz xayollari ustida bosh qotirayotgan paytda shu jihatni oylamagan korinadi. Aslida Jozef Laslo Biro faqatgina jurnalist emas, balki tadqiqotchi ham edi. U sharikli ruchkaning loyihasini ozi kop yozgani, shuning uchun siyohga ehtiyoji kop tugilgani hamda siyohdoglar joniga tekkani uchun ham yaratdi, deyish mumkin. Kashfiyot moliyaviy jihatdan katta miqdordagi foyda keltirishi ayon bolgach, Buyuk Britaniya Harbiy havo kuchlari(HHK) oz uchuvchilari uchun mazkur patent huquqini sotib oldi. Ular uchun havo boshliqlarida peroli ruchkalardan foydalanish juda noqulay edi. Biro Argentinaga yuborilgani uchun Tumanli albionda oz biznesini davom ettira olmadi. Janubiy Amerika mamlakatida qalamkash yangiligini qayta patentlatdi. Yangi turdagi ruchkani ishlab chiqarish huquqini "Eversharp" kompaniyasi 1 mln. dollarga xarid qildi. Shundan song, Argentina korxonasi arzon sharikli ruchkalarni keng ommaga yetkazib berish boyicha dunyoda birinchi oringa kotarildi. Mahsulotning narx va qollash jihatdan qulayliklari butun olkani oziga asir etdi, ammo u jahon miqyosiga chiqishga intilgan bir paytda oshandagi patent tizimi sababli katta baxtsizlik kelib chiqdi. Qoidalarga kora, Vengriya hamda Argentinada patent olgan janob Birodan kochirmakashlik amalga oshirilmasligi uchun butun dunyoni aylanib, boshqa yurtlarda ham oz mahsulotini patentlash talab qilinardi.

Buning esa iloji yoq edi.

AYYOR TADBIRKOR

Kunlardan birida Argentinada aylanib yurgan amerikalik tijoratchi Milton Reynolds oddiy, ammo adolatsiz usulni qollab, Biro va "Eversharp"dan sharikli ruchkani yaratish texnologiyasini ogirlab ketdi. U kochadagi rastalardan bir nechta avtoruchka sotib oldi. Ish tajribasi Reynoldsga qolidagi kichkinagina va arzon narsa orqasidan katta miqdordagi daromad topish mumkinligini aytib turardi. "Qaynar qozon"dan tashrif buyurgan ayyor biznesmen mazkur mahsulot bor-yogi ikki davlatda sotilishini bilib oldi. Dunyodagi eng katta bozorlarga ega bolgan AQShdagi holat u uchun begona emasdi. Sharikli ruchkani yankilar yurtida oz nomiga patentlashga erishgach, mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqarishga kirishdi. Tez vaqt ichida u katta muvaffaqiyatni qolga kiritdi. Nyu-York shahridagi "Jimbela" dokonida bir kunda 10 mingta avtoruchka sotilardi. Amerikalik tijoratchi xaridorlarni dastlab "Suv ostida yoza oladigan ruchkalardan oling!" shiori bilan oziga jalb etgani ham qiziq.

Ogirlangan goya tufayli janob Milton Reynolds millionerga aylandi. Biro esa uni patentga egalik qilish huquqidan mahrum etish uchun sudga bergan bolsa-da, yakunda maglubiyatga uchradi.

Yevropalik jurnalist-kashfiyotchi xafa bolgani aniq. Uning mahsuloti esa "millionerlarni yaratish"ni an'anaga aylantirdi. 1958 yili frantsuz Marsel Bik BIC nomli ruchka modellarini ishlab chiqarishga kirishdi. Bugungi kunda shu nomdagi korporatsiya AQShdagi sharikli ruchka bozorining uchdan birini nazorat qiladi.

Nima bolganda ham, ruchkalar jamiyatning har bir voyaga yetgan vakilining eng yaqin hamkorlaridan biri bolishda hali uzoq vaqt davom etishi, shubhasiz.  

Ҳ , .
ҳ ҳ қ .
қ